Ramazon hayiti muborak!

Bugun hijriy 1443-yil shavvol oyining ilk kuni - Iyd al-Fitr. Ushbu kunda Islom olami Ramazon hayitini nishonlamoqda.
Milliy markaz jamoasi musulmon ahlini Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi. Oilangizga baxt-saodat, ishlaringizga rivoj, umringizga baraka tilaymiz. Ramazon oyida qilgan barcha xayrli amallaringizni Alloh qabul qilsin.
Ramazon oyi taqdim etgan fayz umringizni, sabr esa ilmga bo'lgan ishtiyoqingizni hech qachon tark etmasin.
Hayit muborak bo'lsin!