Qozog‘istonning “Safar” memorial majmuasida haykali o‘rnatilgan o‘zbek olimi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofotining laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbob, texnika fanlari doktori, professor, akademik Abdumutalib Hojiyevich Hojiyev 1961-2020 yillar davomida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida turli lavozimlarda va rahbarlik vazifasida faoliyat yuritgan olim sifatida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘chmas iz qoldirgan. Olim xotirasiga bag‘ishlab, u tug‘ilgan Turkiston viloyatidagi “Safar” yodgorlik majmuasi akademikning haykali o‘rin oldi. Olim haykali o‘rnatilishi munosabati bilan 23-24 sentyabr kunlari ilmiy anjuman tashkil etildi. Ilmiy anjumanga Misr, Turkiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarining yirik olimlari tashrif buyurib, o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Shu jumladan A.Qoraxonov va A.A.Abdurahmanovlar akademik A.Hojiyevning hayot yo‘li va ilmiy merosi bilan anjuman ishtirokchilarini tanishtirdilar.