Qovunlarni omborxonalarda osilgan holatda saqlash mumkin.

Bunda omborxonalarda maxsus ustunlar oʼrnatilgan boʼlishi zarur. Qovunlar bu ustunlarga osib chiqiladi. Qovunlarni stellaj qavatlariga solingan somonning ustiga bir qator qilib, bandini pastga qilib, terib chiqiladi.
Qishga saqlanadigan qovun 2-3 sm li bandi bilan pichoqda kesib olinadi. Koʼkish, yetilmagan qovunlar saqlashga yaramaydi. Chunki ular kamshira boʼlib, pishmay qolib tez buziladi. Palakdan uzib olingan qovunlar bir qator qilib terilib, dalaning oʼzida 10-15 kun quyosh taftida ushlanadi. 4-5 kunda bir agʼdarib qoʼyiladi. Shu vaqt davomida qovunda tegishli fiziologik jarayonlar sodir boʼlib, bu uning saqlanish qobilyatini oshiradi. Soʼngra qovunlar omborga tashiladi. Bunda mashina yoki traktor ustiga yumshoq toʼshama solib, qovunlar ustma-ust teriladi.
Qovun saqlanadigan omborlarning havo harorati 2, 4˚C, nisbiy namligi 70-80% boʼlishi kerak. Namlik bundan oshib ketsa, zamburugʼli kasalliklar paydo boʼlishi mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube