Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Qoraqalpoq zamini iqlimi hamda tabiatiga xos va mos ekin navlari yaratilmoqda

Qoraqalpoq zamini iqlimi hamda tabiatiga xos va mos ekin navlari yaratilmoqda
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo’lib o’tgan tashrifi aniq maqsad va vazifalarga boy bo‘ldi. Tashrif dasturiga muvofiq, korxona va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, innovatsion loyihalarni jalb qilish yuzasidan manzilli takliflar berdi. Chunonchi, “Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” faoliyati bilan ham tanishuv davomida ayni masalalarga e’tibor qaratildi. Aytish kerak, yillar davomida Qoraqalpoq zamini iqlimi va tabiatiga xos va mos ekin navlarini yaratishda mazkur muassasaning o‘rni beqiyos. Tajriba maydonida 24 turdagi mahalliy nav sinov jarayonida. Qo‘shimcha 30 dan ortiq nav boshqa hududlardan olib kelib o‘rganilmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.