Qoraqalpogʻiston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Nukus yoshlar texnoparkida tegishli innovatsion…

ishlanma rahbarlarini jalb qilgan holda “Yaratilgan innovatsion ishlanmalarni qishloq xoʻjaligiga keng joriy qilishda agromaslahatchilarning tutgan oʻrni” mavzusida koʻrgazmali oʻquv-seminar tashkil etildi.
Dastlab, tuman agromaslahatchilari Nukus yoshlar texnoparkida yaratilgan innovatsion ishlanmalar bilan tanishtirildi.
Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan ilgʻor texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari, innovatsiyalarni qishloq xoʻjaligiga keng joriy etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi tuzildi.
Seminar davomida “Kardar ishlab chiqarish” MCHJ direktori qishloq xoʻjaligida dugoukladchik texnikasining tuzilishi, vazifasi va funksiyalari boʻyicha;
"Nukus yoshlar texnoparki" MCHJ mentori xlorella mikroorganizmini qishloq xoʻjaligida qoʻllash usullari boʻyicha;
"Doston Chorva Xoʻjayli" MCHJ direktori yirik shoxli qoramollarni sunʼiy urugʻlantirish uskunasining tuzilishi, vazifasi va funsiyalari boʻyicha;
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi yetakchi mutaxassisi
gidroponika usulida yetishtirilgan mikrokoʻkatlarning foydali xususiyatlari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi.
Oʻquv-seminar yakunida tuman agromaslahatchilari orqali innovatsion ishlanmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aholi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga yetkazish hamda ulardan foydalanish boʻyicha oʻzaro hamkorlikda tavsiyalar berishga kelishib olindi.Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube