Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qoraqalpog’iston: agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish — yuqori hosildorlik garovi

Qoraqalpog’iston: agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish — yuqori hosildorlik garovi
Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohadagi islohotlar natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida dastlab Kegeyli tumanida soha mutasaddilari, olimlar, tuman hokimlari o’rinbosarlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Vazirga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov hamrohlik qilmoqda. Yig’ilishda hududda olib borilayotgan g’o’za parvarishi, sug’orish, oziqlantirish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash ishlari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar mavsumning mas’uliyatli bosqichida bajarilishi zarur ishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi. Vazir o‘z navbatida, dala ishlarini ilmiy yondashuv asosida, belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish hosildorlikni oshirishning eng muhim omili ekanini ta’kidladi. Shuningdek, har bir dala sharoitidan kelib chiqib g’o’za parvarishini to’g’ri tashkil etish, suv va mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish hamda fan-texnika yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish bo’yicha tavsiyalar berdi. Seminarda Qishloq xo’jaligi vazirligi tayyorlagan “Qishloq xo’jaligida har bir fermer bajarishi shart bo’lgan 8 qonun” nomli qo’llanmani qoraqalpoq tiliga tarjima qilish tashabbusi ham ilgari surildi. Bu — hududdagi fermerlarning zamonaviy agrotexnologiyalar va ilmiy tavsiyalarni ona tilida oson o’zlashtirishiga xizmat qiladi hamda sohadagi bilim almashinuvini kengaytiradi. Zero, qishloq xo’jaligida yuqori natijaga erishish zamonaviy bilimlarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, ilg’or tajribani ommalashtirish hamda fan-texnika yutuqlarini har bir fermer faoliyatiga tatbiq etishga bevosita bog’liq. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.