Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti Sizni 2025 yil 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan…

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti Sizni 2025 yil 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan…
foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik anjumanda ishtirok etishga taklif etadi. Anjuman yo‘nalishlari: Qishloq xo‘jaligi traktorlari, transport va yuklash-tushirish vositalarining texnik darajasini oshirish. Yerga asosiy ishlov beruvchi mashinalarda energiya sarfini kamaytirish. Yerlarni ekishga tayyorlash mashinalarining resurstejamkorligi va ish unumini oshirish. Urug‘ ekish mashinalarining funksiyalarini kengaytirish va urug‘ sarfini kamaytirish. O‘simliklarni parvarishlash va o‘g‘itlash mashinalarining agrotexnik va texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish. Ekinlar hosilini yig‘ishtirish va mahsulotlarga birlamchi ishlov berish mashinalarida nobudgarchilikni yo‘qotish va mahsulotning tovar sifatini saqlab qolishning ilmiy-texnik yechimlari. Fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari uchun kichik texnika vositalarini yaratish. Agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va tuman “Agroservis” MTP sharoitida texnika vositalarini ta’mirlash, ularga servis ko‘rsatish, mashinalarning mavsumiy va yillik ish unumlarini oshirishning ilmiy, amaliy va muhandislik masalalari. Qishloq xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarni elektrlashtirish va avtomatlashtirish samaradorligini oshirish. Materiallar 2025 yil 10-sentyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotni anjumanning ilovadagi axborot xatidan olishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.