Qishloq xo'jaligida natijaga asoslangan boshqaruv modeli joriy etilmoqda

Shu nuqtai nazardan, hududlarda faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlarning professional salohiyatini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun Toshkent viloyatida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida viloyatdagi tumanlar hokimlari uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi.
Maqsad — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun kompensatsiya, subsidiya ajratishning yangi tartiblari hamda agrar sohada davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, soliq imtiyozlari va eksportni rag‘batlantirish choralari yuzasidan qabul qilingan bir qator qaror va farmonlari, qonunchilik hujjatlarining mazmunini tushuntirish, ularni amaliyotga samarali joriy etish mexanizmlari bo‘yicha mas'ul rahbarlar bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko'maklashishdan iborat.
Dastur davomida ekspertlar tomonidan quyidagi mavzular qamrab olinadi:
▫oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘riladigan choralar va mexanizmlar;
▫agrosug‘urta tizimi, xavflarni boshqarish va kompensatsiya mexanizmlari;
▫paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar uchun kompensatsiya va foiz to‘lovlarini qoplash mexanizmlari;
▫subsidiya ajratishning yangi tartiblari hamda agrar sohada davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
▫qishloq xo‘jaligida “nol” stavkadagi qo'shilgan qiymat solig'ini qo‘llash va soliq ma’muriyatchiligining yangi tartiblari;
▫issiqxona xo‘jaliklariga berilayotgan soliq imtiyozlari, kredit yengilliklari va eksportni rag‘batlantirish choralari.
Ma'lumot uchun, o‘quv-amaliy seminarlar respublika hududlari kesimida guruhlar asosida tashkil etilib, mashg‘ulotlar may-iyun oylari davomida reja-jadval asosida davom etadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa