"Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus" doirasidagi muvaffaqiyatli loyiha

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda suv yuzasida sholi yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida suv havzalari yuzasida suzuvchi po‘kaklar va maxsus plastik tuvaklardan foydalangan holda, kompost va gumus bilan boyitilgan muhitda sholi yetishtirish texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda ushbu texnologiyani 10 gektar maydonda sinab ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tajribani bosqichma-bosqich 2 000 gektar maydonga joriy etish va natijada yiliga qo‘shimcha 10 ming tonna sholi yetishtirish imkoniyatini yaratish maqsad qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada faoliyat yuritayotgan 175 ta baliqchilik xo‘jaligining 107 ming gektar suv havzasida suv yuzasida sholi yetishtirish texnologiyasini qo‘llash imkoniyati mavjud.
Mazkur innovatsion yondashuv suv resurslaridan samarali foydalanish, mavjud suv havzalaridan unumli foydalanish hamda sholi yetishtirish hajmini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Videoda suv yuzasida sholi yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy ishlar jarayoni aks ettirilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube