Qishloq xo‘jaligida har bir fermer bajarishi shart bo‘lgan 8 qonun! Endi 3 tilda kitob shaklida!

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan “Qishloq xo‘jaligida har bir fermer bajarishi shart bo‘lgan 8 qonun” nomli kitob o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi.
Mazkur nashr fermerlar, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va agrar soha mutaxassislari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishda rioya etilishi zarur bo‘lgan asosiy qonunchilik talablari sodda va tushunarli tilda bayon etilgan.
Unda har bir fermer faoliyatida muhim o‘rin tutadigan 8 ta asosiy qonun bo‘yicha izoh va amaliy tavsiyalar jamlangan.
Shuningdek, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ekinlarni himoya qilish hamda amaldagi me’yor va talablarga rioya etish masalalari yoritilgan.
Qo‘llanmaning o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgani undan nafaqat mahalliy fermerlar, balki xorijiy hamkorlar, investorlar va xalqaro ekspertlarning ham foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.
Kitobning elektron nusxasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram