Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi O'zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti bilan kartoshka urug’chiligi bo'yicha hamkorlik olib bormoqda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi O'zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti bilan kartoshka urug’chiligi bo'yicha hamkorlik olib bormoqda
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov bugun Bioorganik kimyo instituti olimlari bilan uchrashib institutda tashkil etilgan in-vitro usulida kartoshka yetishtirish laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur laboratoriya in-vitro usulida kartoshkaning mini hamda mikro tuganaklari yetishtirish bo‘yicha yuqori tajribaga ega. Institutda in-vitro usulida yetishtirilgan biotexnologik kolleksiyalaridan "Red Skarlet", "Sante","Pikasso", "Evolutsion" 50 mingdan ortiq ko'chatlari mavjud. Bioorganik kimyo institutida yetishtirilgan kartoshka mini hamda mikro tuganaklari Milliy markaz huzuridagi Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasiga tegishli issiqxonada ekilib mutaxassislar tomonidan parvarishlanmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling: WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.