Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Axborot xizmatidan yangi loyiha!

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Axborot xizmatidan yangi loyiha!
Yurtoshlarimiz — fermer, dehqon va tomorqachilarni qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha aniq, ishonchli va ilmiy tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Dehqonga yordamchi” Telegram kanali tashkil etildi. Kanal orqali quyidagi yo‘nalishlardagi ma’lumotlar yetkaziladi: – Ekin kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash usullari; – Hudud va mavsum sharoitiga mos agrotexnologiyalar; – Ilmiy asoslangan, sodda va tushunarli tavsiyalar. Siz — ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislardan, sohaning bilimdon va tajribali vakillaridan ushbu platformada faol ishtirok etishingizni, dolzarb mavzular yuzasidan qisqa va maqsadli tavsiyalar berishingizni so‘raymiz. Kanal manzili: https://t.me/dehqongayordam Birgalikda agrar sohada amaliy bilimlarni keng tarqataylik! Ilm va amaliyotni bog‘lovchi muloqot maydonini yarataylik!

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.