Qishloq xo‘jaligi yerlarining holati raqamlashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-68-son Farmoni ijrosi doirasida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish va yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
"O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturi orqali Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda uning mintaqaviy bo‘limlari mutaxassislari tomonidan Farg‘ona va Bulung‘ur tumanlarida tanlab olingan pilot maydonlarda yerlarning holati chuqur tahlil qilinayotgani haqidagi lavha efirga uzatildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube