Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bugun M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida institut direktori Fahriddin Qirg'izboyev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni bayram bilan tabriklab, ularning mehnati, fidoyiligi va institut rivojiga qo‘shayotgan hissasini yuksak baholadilar.
Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilgan, institut faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan, sifatli va vijdonan bajarib kelayotgan xodimlarning fidokorona mehnati e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
WEB SAYT TELEGRAM INSTAGRAM FACEBOOK ▶YOUTUBE