Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida “Paxtachilikdagi sakkiz qonuniyat: yangi nav imkoniyatini ochilgan ko‘sak va fermer daromadiga…

aylantirish yo‘li” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada paxtachilikda ilmiy yondashuv, zamonaviy agrotexnologiyalar va yangi navlar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishish, tarmoqda sifat jihatdan yangi bosqichni ta’minlash masalalari atroflicha yoritilgan.
Shuningdek, maqolada “Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning sakkiz qonuniyati” asosida dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va ilmiy asosda tashkil etish, seleksiya yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, ochilgan ko‘sak sonini ko‘paytirish hamda fermerlar daromadini oshirish yo‘llari tahlil qilingan.
Unda paxtachilikda ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish orqali hosildorlikni oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda fermer xo‘jaliklari iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram