Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida “Gen-nokaut texnologiyasi: o‘n uch yildan keyin berilgan javob” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada zamonaviy genetika va biotexnologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan gen-nokaut texnologiyasi, uning ilmiy asoslari va qishloq xo‘jaligida qo‘llash imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan.
Shuningdek, maqolada genlarni maqsadli o‘zgartirish orqali o‘simliklarning muhim biologik xususiyatlarini boshqarish, seleksiya jarayonlarini jadallashtirish, hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda zamonaviy biotexnologik yondashuvlardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan.
Unda ilm-fan va innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligiga keng joriy etish, genomika va biotexnologiya yutuqlaridan foydalanish orqali yangi avlod, yuqori samarador va zamonaviy talablarga mos qishloq xo‘jaligi ekinlarini yaratish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram