Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “O‘simliklarda RNK interferensiyasi (RNAi) — antivirus faolligidan iqlimga chidamli ekinlar uchun ko‘p belgili genetik muhandislikkacha” nomli…

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “O‘simliklarda RNK interferensiyasi (RNAi) — antivirus faolligidan iqlimga chidamli ekinlar uchun ko‘p belgili genetik muhandislikkacha” nomli…
maqolasi “Frontiers in Plant Science” xalqaro jurnalida e’lon qilindi. Mazkur ilmiy maqolada o‘simliklarda RNK interferensiyasi (RNAi) mexanizmining antivirus faolligi, uning o‘simliklarni himoya qilishdagi ahamiyati hamda iqlim o‘zgarishlariga chidamli ekinlar yaratishdagi imkoniyatlari keng yoritilgan. Tadqiqotda RNAi texnologiyasining genlar faoliyatini boshqarish, ko‘p belgili genetik muhandislik yondashuvlarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy biotexnologiyalar asosida ekinlarning kasalliklarga chidamliligi va moslashuvchanligini oshirish istiqbollari tahlil qilingan. Muallif tomonidan qishloq xo‘jaligida innovatsion biotexnologiyalarni qo‘llash, hosildorlikni oshirish va barqaror agrar tizimlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ilmiy yondashuvlar ilgari surilgan. Mazkur maqola agrar ilm-fan va zamonaviy biotexnologiyalar rivoji, shuningdek, kelajak qishloq xo‘jaligi uchun ilmiy asoslangan yechimlarni yaratish yo‘lidagi muhim tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.