Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda bir guruh olimlar tashabbusi bilan “Amir Temur davrida qishloq xo‘jaligi” nomli kitob chop etildi.

ℹAsarda Amir Temur davrida qishloq xo‘jaligining rivojlanish tamoyillari, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, dehqonchilik madaniyatining yuksak darajada shakllangani ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, ajdodlarimiz qo‘llagan agrotexnik usullarning bugungi kunda ham dolzarbligi tahlil etilgan.
Ayniqsa, sug‘orish tizimlari, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda ekinlarni almashlab ekish tizimi o‘sha davrdayoq puxta yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlanadi.
Kitobda tarixiy tajribani zamonaviy qishloq xo‘jaligi islohotlari bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlar bilan bir qatorda milliy dehqonchilik an’analarini tiklash va rivojlantirish muhim ekani qayd etiladi.
Kitobning elektron shakli bilan ushbu havolaorqali tanishishingiz mumkin.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram