Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo'jaligi vakillaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreyada

Qishloq xo'jaligi vakillaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreyada
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xodimlari va qishloq xo'jaligi sohasi vakillaridan iborat bir guruh olimlar Janubiy Koreyaning xalqaro "DICA" tashkiloti tomonidan Chonnam provinsiyasida tashkil etilgan xalqaro treningda ishtirok etmoqda. Seminarlarning dastlabki kunida delegatsiya rahbari, Milliy markaz direktori o'rinbosari Bahodir Eshchanov O'zbekiston qishloq xo'jaligida erishilayotgan natijalar, istiqbolli rejalar va uzoq yilga mo'ljallangan strategiyalar haqida taqdimot qildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilm-fan sohasiga berilgan imkoniyatlar bilan Xalqaro "DICA" tashkiloti vakillarini tanishtirdi. Yakunda estalik uchun suratga tushilib, mezbonlarga milliy atrebutlarimiz aks etgan sovg'alarini topshirishdi. Milliy markaz va Janubiy Koreyaning "DICA" tashkiloti hamkorlikda O'zbekistonda bir nechta loyihalar amalga oshirmoqda. Masalan, Milliy markaz huzurida "Aqlli issiqxona" va "Meva sabzavotchilikda ilg'or texnologiyalar o'quv markazi" tashkil etilib, bu yerda issiqxona xo'jaliklarini tashkil etgan yoki tashkil etishni maqsad qilgan mutaxassislarining malakasi oshiriladi. Kelgusida resurs tejamkor, zamonaviy issiqxonalar boshqaruvi yo'lga qo'yilishiga poydevor bo'ladi. Mazkur loyihalar doirasida o'zbekistonlik olimlar Koreya tajribasini o'rganib, O'zbekistonga tatbiq etish borasida kelgusida fermer va issiqxona egalariga o'z bilimlarini o'rgatadi. Ayni kunlarda delegatsiya a'zolari Janubiy Koreyada "O‘zbekistonda yuqori texnologiyali issiqxona va omborxonalarni ishlatish va boshqarish uchun qishloq xo‘jaligi ta’lim markazini barpo qilish" bo‘yicha mahorat darslarida qatnashmoqdalar. Trening 25-noyabrga qadar davom etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.