Qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda institut direktori R. Xudaykuliyev, “Ekinlar hosilini yig‘ishtirish mashinalari” laboratoriyasi boshlig‘i Sh. Ravshanov hamda “Innovatsion ishlanmalarni joriy etish va marketing” bo‘limi boshlig‘i I. Tulanovlar Chirchiq shahrida joylashgan “TTZ” MChJ ga tashrif buyurdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube