Qishloq xo‘jaligi sohasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Joriy yil qishloq xo‘jaligi sohasi uchun tub islohotlar, amaliy natijalar va barqaror rivojlanish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Yil davomida sohani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish jarayonlari jadallashib, boshqaruv va hisobdorlik tizimlari yanada shaffof bo‘ldi.
Yil yakunlari shuni ko'rsatmoqdaki, amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, eksport salohiyatini oshirish va qishloq aholisi farovonligini yaxshilashga xizmat qildi. Kelgusida ham qishloq xo‘jaligi sohasida boshlangan islohotlar izchil davom ettiriladi.
"To'yga to'yona" deganlaridek, qishloq xo'jaligi xodimlari ham, aynan, o'z kasb bayramlarini yuqoridagi natijalar bilan nishonlamoqdalar. Bayram yana bir bor barchamizga muborak bo'lsin!
Website Telegram Facebook YouTube Instagram