Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi
“Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-420-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti;
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Ularda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan sertifikat beriladi.
2025 yil 1 yanvargacha ularga nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan vatandoshlar va chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.
Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi institutlarning mahalliy professor-o‘qituvchilarini jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va o‘qishga yuborish choralarini ko‘radi.
Telegram|Instagram|TwitterFacebook