Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida ilmiy unvonlar hamda akademik va muxbir a’zolarni saylash tartibi bilan tanishing

Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida ilmiy unvonlar hamda akademik va muxbir a’zolarni saylash tartibi bilan tanishing
Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida ilmiy unvonlar berish, akademik va muxbir a’zolarni saylash hamda ularni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi joriy etiladi. Ilmiy unvonlar qanday beriladi? "Yosh akademik" unvoni ilmiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, iqtidorli va liderlik salohiyatiga ega, 40 yoshgacha bo‘lgan fan doktorlari (DSc) orasidan tanlov asosida qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan beriladi. "Akademiya professori" unvoni professor ilmiy unvoniga ega olimlar hamda "Yosh akademik" unvoni sohiblari orasidan tanlov asosida qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan beriladi. Akademik va muxbir a’zolar qanday saylanadi? Akademiyaning muxbir a’zosi etib ilmiy-amaliy ishlanmalari orqali qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fan doktorlari, professorlar hamda Akademiya professorlari Akademiya umumiy yig‘ilishida tanlov asosida saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik) etib xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ilmiy ishlarga ega, o‘z ilmiy maktabini yaratgan hamda qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar va Akademiyaning muxbir a’zolari Akademiya umumiy yig‘ilishida saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Akademiyaning xorijiy a’zolari jahon ilm-fanida yuqori natijalarga erishgan, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolar orasidan Akademiya umumiy yig‘ilishida saylanadi hamda (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 2026-yil uchun kvotalar. 2026-yilda Akademiyaga saylov o‘tkazish uchun: 3 nafar haqiqiy a’zo (akademik); 5 nafar muxbir a’zo uchun bo‘sh o‘rin (kvota) ajratiladi. Haqiqiy va muxbir a’zolikka nomzodlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi ulkan ilmiy yutuqlari, yaratilgan ishlanmalari, ishlab chiqarishda keng joriy etilgan innovatsion texnologiyalari, yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara bergan loyihalari hamda ularni "spin-off" kabi zamonaviy mexanizmlar orqali ommalashtirish tajribasi asosida tanlab olinadi. Nomzodlarni tanlash tanlov asosida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ko‘pi bilan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Shuningdek, Akademiyada "Akademiyaning faxriy professori" unvoni ham joriy etiladi. Akademiya a’zolarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi: Akademiyaning haqiqiy a’zolari (akademiklar)ga Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari (akademiklar) uchun belgilangan miqdorda gonorar to‘lanadi. Akademiyaning muxbir a’zolariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,81 baravari miqdorida gonorar belgilanadi. Sobiq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy va muxbir a’zolari tegishliligiga ko‘ra Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolari maqomini saqlab qoladi. Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolariga Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun belgilangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda salomatligini sanatoriy va kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi tatbiq etiladi. Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolariga to‘lanadigan gonorar hamda sog‘lomlashtirish xarajatlari 2026-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.