Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi oldida qanday maqsadlar turibdi?

Qishloq xo‘jaligi sohasini ilmiy-innovatsion rivojlantirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida 2030-yilgacha quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
Qishloq xo‘jaligiga oid patentlangan yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar sonini 3 baravarga oshirish.
Xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar sonini 2 baravarga ko‘paytirish.
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tanlovlarga taqdim etiladigan loyihalar sonini 2 baravarga oshirish.
Agromaslahatlar va ilg‘or xorijiy agrotexnologiyalar transferi xizmatlaridan foydalanuvchi subyektlar qamrovini 4 baravarga kengaytirish.
Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar sonini 3 baravarga oshirish.
Mazkur ustuvor vazifalar agrar ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube