Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida agrar soha vakillari, klaster, fermer va dehqonlar bilan seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan tejamkor texnologiyalarni qo'llash va lalmikor maydonlarda g'alla hosildorligini oshirish bo'yicha hamda moyli, dukkakli, yem-xashak ekinlar maydonini kengaytirish bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi.
Shuningdek, Rossiyaning "Agroplodar" korxonasining O'zbekistondagi rasmiy vakili Yuriy Lasigin ham ushbu uchrashuvda ishtirok etib, agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yetishtirilayotgan mahsulotlardagi oziq ovqat xavfsizligi qoidalari bilan tanishdi hamda tumandagi qishloq xoʻjaligi tizimi vakillariga oʻz maslahat va takliflarini bildirdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube