"Qaraqalpaqstan" telekanalida Milliy markaz tizimidagi Don va sholi ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv efirga uzatildi. Unda birlashmada don va sholi yetishtirish…

sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish, resurs tejamkor va serhosil navlarni yaratish hamda urug‘chilik tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ko‘rsatuvda soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari, tajriba maydonlarida olib borilayotgan amaliy ishlar va fermerlar bilan hamkorlikda erishilayotgan natijalar yoritildi. Ushbu ko'rsatuvni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube