Qadrli yurtdoshlar, hurmatli olimlar va qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyilari!

Sizlarni mamlakatimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Asosiy Qonunimiz — davlatimiz mustaqil taraqqiyoti, jamiyatimiz barqarorligi va fuqarolar farovonligining mustahkam huquqiy poydevoridir. Unda inson qadri, mehnat qilish erkinligi, mulk daxlsizligi hamda fermer va dehqonlar manfaatlarini himoya qilish kabi tamoyillar o‘z ifodasini topgani agrar sohaning ham izchil rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Bugun qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarga tayanilgan yangi yondashuvlar amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslarni tejash, yuqori unumdor navlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlarimizda Konstitutsiyamiz belgilab bergan imkoniyat va kafolatlar muhim ahamiyatga ega.
Ushbu qutlug‘ bayramda mehnatkash dehqonlarimiz, fidoyi fermerlarimiz, izlanuvchan olimlarimiz va agrar sohada xizmat qilayotgan barcha hamkasblarimga samimiy minnatdorlik bildiraman. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatingiz daromadli, izlanish va tashabbuslaringiz samarali bo‘lsin.
Barchamizga tinchlik, totuvlik, mustahkam sog‘liq va yangi tashabbuslar uchun kuch-g‘ayrat tilayman. Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Shodmon Namozov
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Web | Telegram | Facebook | Instagram