"Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" tanlovi g'oliblari taqdirlandi

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish deportamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tanlov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmonlari ijrosini ta’minlash, davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35- yilligiga bagʻishlab oʻtkazildi.
Bu yilgi tanlovning davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud (tuman va shahar hokimliklari);
davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim: (vazirlik, idora, xo’jalik birlashmalari) yoʻnalishida tashkil etildi.
Unda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim yo'nalishida faxrli 3-o'ringa loyiq ko'rildi. Mazkur yutuq bilan Milliy markaz jamoasini muborakbod etamiz!
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube