Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

prezident #yigilish

prezident #yigilish
YER VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANIB, HOSILDORLIKNI OSHIRISH Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda yer va suv resurslaridan samarali foydalanib, hosildorlikni oshirish masalasi ko‘rildi. Fermerlarga tuproqning tarkibini aniqlash, urug‘lik tanlash, ekinni sug‘orish va zararkunandalardan himoyalashda ko‘maklashish kerakligi qayd etildi. Shu maqsadda 200 ming gektar maydonni lazerli tekislash taklifi maʼqullandi. Bunda hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi, lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlar xarajati qoplab beriladi. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda hududlarda suv resurslarini samarali boshqarish loyihalarini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Dehqonchilik uchun yer va suv kabi eng zarur manbalardan biri bu mablag‘. Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va subsidiya olishni yengillashtirish zarurligi aytildi. https://president.uz/ru/lists/view/5622

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.