prezident #videoselektor

Yig‘ilishda Andijon, Buxoro, Xorazm viloyatlari bu yerlardan samarali foydalanib, 3 martagacha hosil olib, ichki bozorni taʼminlash bilan birga eksportini 1,5 baravarga oshirgani taʼkidlandi.
Islohotlar natijasida respublikada parranda go‘shti, tuxum, baliq, guruch mahsulotlari bilan taʼminlash darajasi ancha yaxshilandi.
Lekin, ayrim viloyat hokimlari bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qila olmagani qayd etildi.
Ichki bozor 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bog‘liq bo‘lib qolayotgani qayd etildi.
Prezidentimiz bu holatni qattiq tanqid qilib, mutasaddilarga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga bir oy muddatda ushbu 25 turdagi import mahsulotlarini o‘zimizda ishlab chiqarib, ko‘paytirish bo‘yicha loyiha paketlarini taqdimot qilib, hukumat qarorini chiqarish topshirildi.
Kelgusi yil olti oy yakuni bilan bu borada o‘zgarish qilmagan viloyat hokimlari ishdan olinishi ko‘rsatib o‘tildi.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/2334