prezident #videoselektor

"Agrar sohada belgilab olgan katta islohotlarimizni jadal amalga oshirish birinchi navbatda ushbu soha rahbarlari Gʻaniyev, Xaitov, yangi vazir Voitov va o‘rinbosarlari fidoyiligiga bog‘liq.
Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak", dedi Prezident.
Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tildi.
"Bundan buyon Gʻaniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq so‘rov bo‘ladi", dedi Prezident so‘zining yakunida.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitildi.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/2340