Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

prezident #videoselektor

prezident #videoselektor
Bugungi kunda respublika bo‘yicha har yili 300 ming tonna kartoshka, 6 ming tonna dukkakli, 11 ming tonna moyli ekinlar urug‘ini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarurligi taʼkidlandi. Bu borada, kartoshka bo‘yicha Samarqandda yaxshi tajriba boshlangan. Mutasaddilarga bu tajribani xususiy sektor bilan birga dukkakli va moyli ekinlar urug‘chiligida ham yo‘lga qo‘yish, bunga 26 million dollar yo‘naltirish topshirildi. Viloyat hokimlari oldiga kelgusi 2 yilda urug‘ importini 3 baravar qisqartirish vazifasi qo‘yildi. Har bir viloyatda kamida bittadan intensiv sabzavot ko‘chatchilik xo‘jaliklarini ishga tushirish topshirildi. Bundan buyon hosildor yerlarning barchasini intensivga o‘tkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddi idoralarga intensiv qishloq xo‘jaligiga o‘tishni rag‘batlantirish va taʼsirchan soliq mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, kiritishga topshiriq berildi. https://t.me/Press_Secretary_Uz/2337

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.