Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

prezident #videoselektor

prezident #videoselektor
Davlatimiz rahbari sohadagi vazifalar va yangi imkoniyatlarni aytib o‘tdi. Eng avvalo: - joriy yilda qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirish; - oziq-ovqat mahsulotlari ekishni kamida 300 ming gektarga yetkazish. Umuman, oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirishni bundan buyon Bog‘dorchilik agentligi belgilab beradi. Mutasaddilarga 15 sentyabrdan boshlab hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun 150 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda, ushbu mablag‘larning yarmini naqd pulda ajratishga ruxsat beriladi. Buning uchun, Bog‘dorchilik agentligiga qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratiladi. Endilikda kartoshka, sabzavot, yog‘-moy ekinlari ekadigan klaster va dehqonlarga hosilni sug‘urtalash xarajatining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi. Bundan buyon paxta va g‘alladagi kabi oziq-ovqatga kredit berishda sug‘urta polisi kredit taʼminoti hisoblanadi. https://t.me/Press_Secretary_Uz/2336

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.