prezident #sessiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari kirish so‘zida “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosidagi tub islohotlar Qoraqalpog‘istonning har bir shahar va tumani, qishloq va ovuli, har bir xonadoniga kirib borishini taʼminlash asosiy maqsadlardan biri ekanini taʼkidladi.
"Men Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p, yaʼni 9 marta mana shu saxovatli zaminga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko‘p-ko‘p muloqotlar qildim.
Ushbu davrda Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qildik.
Hududda tadbirkorlik subyektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Birgina joriy yil fevraldagi tashrif doirasida hududni har taraflama rivojlantirish uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratdik", dedi Prezident.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/2289