Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari davom etmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan AKIS markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi "Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-205-son Farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar ibo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va viloyat agroxizmatlar markazi mutasaddilari hamda Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Chinoz tumani fermerlari ishtirok etyapti.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sunnatillo Rashidov va Respublika “Agrobank” mutasaddilari ushbu hujjatda belgilangan vazifalar va sohada yuzaga kelayotgan yangicha munosabatlarni fermerlarga bayon qilyapti.
Seminarda faol ishtirok etayotgan fermerlar farmon yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olmoqda.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz