POYTAXT AHOLISI VA MEHMONLARI UCHUN TASHKENT FOOD FEST 2022 GASTRONOMIK FESTIVALI BO‘LIB O‘TMOQDA

29-iyuldan 7-avgustga qadar Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona yonidagi maydonda gastronomik bayram - Tashkent Food Fest taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Fud-festivalda yozning issiq kunlarida zarur bo‘lgan mahsulotlarga alohida urg‘u berilgan. Bu kabi tadbirlarda oziq-ovqat xavfsizligining muhimligi va yilning har qanday vaqtida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ehtiyoj borligi taʼkidlanadi.
Bundan tashqari, festivalda Toshkent aholisiga manzur bo‘lgan milliy va Yevropa oshxonalari, steykxauslar va qahvaxonalarning 60 dan ortiq gastronomik brendlari taqdim etilgan, shuningdek, bayramda muzqaymoq va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilarning ishtiroki kutilmoqda.