Pomidor va rayhonni birgalikda ekish samarali natija bermoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2026-yil 1-iyundagi 01-01/1-11/447-sonli topshirig‘i ijrosi doirasida Namangan viloyati Kosonsoy tumani Uchqo‘rg‘on MFYdagi tomorqa xo‘jaliklarida pomidor va rayhon ekinlari birgalikda parvarishlanmoqda.
Kuzatuvlar natijasida pomidor ko‘chatlarining rivojlanishi yaxshi ekani, har bir tupdan o‘rtacha 2 kg hosil olishga erishilgani aniqlandi. Hozirgi kunga qadar ekinlarda kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish holatlari kuzatilmadi.
Parvarish jarayonida yog‘och kulidan hamda organik o‘g‘itlardan foydalanilgan bo‘lib, vegetatsiya davrida mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmadi. Pomidor va rayhonni qo‘shib ekish usuli amaliyotda samarali natija berayotgani qayd etildi.
Respublika agroxizmatlari markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
WEB |Telegram Instagram
Facebook | Youtube