Peruda o‘tayotgan xalqaro sessiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Peruda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi uchun O‘simliklar genetik resurslari boshqaruvi kengashining 11-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlatlar vakillari qatnashmoqda. Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafar Ziyayev ham ishtirok etmoqda.
“Sessiyaning ochilish marosimi o‘ziga xos tarzda Peruning tub mahalliy dehqonlari chiqishi bilan esda qolarli bo‘ldi.
Sessiyada Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi uchun O‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha Xalqaro shartnoma bosh direktori janob Kent bilan uchrashib, kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlashdik”, — deb yozgan Zafar Ziyayev o‘zining Facebook sahifasida.
Post havolasi: https://www.facebook.com/share/v/1Zw9GiZTo1/
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube