Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxtachilikda yangi tajriba: rangli plyonkalar va jevamritning samarasi o‘rganilmoqda

Paxtachilikda yangi tajriba: rangli plyonkalar va jevamritning samarasi o‘rganilmoqda
Bugun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida paxtachilikda qo‘llanilayotgan yangi agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishmoqdaman. Xususan, “Zero Maks Agro Biznes” fermer xo‘jaligida “Shinjon” navining qo‘shqator usulida, rangli plyonkalar ostida yetishtirilayotgani va tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida parvarish qilinayotgani quvonarli natijalarni bermoqda. Meni ayniqsa qizil, yashil va ko‘k rangli plyonkalar ostida ekilgan g‘o‘zalarning rivojlanishi qiziqtirdi. Shu sababli fermerlar bilan birgalikda ularning afzalliklari, ochiq maydondagi ekinlarga nisbatan farqlari va amaliy samaradorligini muhokama qildik. Bunday tajribalarni ilmiy asosda o‘rganish va natijalari ijobiy bo‘lsa, keng joriy etishimiz zarur. Shu yerning o‘zida dala seminari o‘tkazib, fermerlar bilan yana bir muhim masalaga — jevamritdan foydalanishga alohida to‘xtaldim. Menimcha, har bir fermer xo‘jaligida jevamrit tayyorlanishi va qo‘llanilishi kerak. Bu katta mablag‘ talab qilmaydi, ammo tuproq unumdorligini oshiradi, o‘simlikning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi va ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yaxshi samara beradi. Mas’ullarga rangli plyonkalar ostidagi g‘o‘za rivojlanishini muntazam monitoring qilish, unuvchanlik, o‘sish sur’ati va hosildorlik ko‘rsatkichlarini ilmiy tahlil qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdim. Har bir tajriba raqam va tahlil bilan baholanishi kerak. Faqat shunda biz eng samarali texnologiyalarni tanlab, ularni respublika bo‘ylab ommalashtira olamiz. Ishonchim komilki, ilm-fan, innovatsion agrotexnologiyalar va tabiiy dehqonchilik yondashuvlarini uyg‘unlashtirish orqali paxtachilikda hosildorlikni yanada oshirish, fermerlar daromadini ko‘paytirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishamiz.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.