Paxtachilikda yangi navlar bugungi global muammolarning yechimi bo'la oladi

Xabar berib borayotganimizdek, ayni damda Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida "Xalqaro paxta bo'yicha Maslahat qo'mitasining 82-yalpi majlisi" bo'lib o'tmoqda.
Tadbir doirasida bir qator sessiyalar tashkil etilgan bo'lib, ularda paxtachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangicha yondashuvlar, paxta sifatini hamda hosildorligini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar borasida ma'lumotlar berib o'tmoqda.
Mana shunday sessiyalardan biri "Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda paxta genetikasi, genomikasi va naslchilik sohasidagi so‘nggi yutuqlar" mavzusida bo'lib o'tmoqda.
Unda O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so'zga chiqib, paxtachilik sektori biz uchun juda muhimligini, mamlakatimizda bu sohada juda ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidlab o'tdi.
Binobarin, suv muammolarini inobatga olgan holda mahalliy hamda xorijiy olimlarning integratsiyalashuvini yo'lga qo'yib, muammolarga yechimlar topilayotganligini vazir ta'kidlab o'tdi.
Vazir o'z nutqida urug'chilik hamda yangi navlar borasida qilinayotgan ishlarga ham to'xtalib o'tdi, bu borada bir yillik urug' zaxirasini yaratilgani, bu orqali hosildorlik yanada oshganini aytib o'tdi. Shuningdek, bir navni 2 yildan ortiq ekmaslik amaliyotini yo'lga qo'yganimizni, bu orqali yangi navlarning haqiqiy kuchini ko'rishimiz mumkinligini ta'kidladi.
Paxta ekishda 76 sxema asosida, qo'shqator qilib, plyonka ostiga baraka urug'larini qadash ishlarini yo'lga qo'yish orqali hosildorlikni karrasiga oshirdik. Avvalari fermerlar paxtadan 35 senter hosil olgan bo'lsa, bugungi kunga kelib, bu raqamlar 70 dan oshmoqda. Albatta bu tajribani kelgusi yillarda yanada ommalashtirmoqchimiz. Yana bir muammolardan biri bu sho'rlanishdir. Bu muammoni ham fermerlar hamda olimlar bilan birga ishlagan holda sho'rga chidamli navlarni sinovdan o'tkazmoqdamiz. Suv tejashda bu navlar juda ham muhim, sababi ular sho'r yuvmasdan turib ekiladi.
Genomika yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalar ekan, vazir bu borada mamlakatiimizda keng qamrovli tajribalar amalga oshiriliayotganligini, bularning zamirida asosan, sho'r yerlarda yetishtiriladigan navlarga e'tibor qaratilayotganligini aytib o'tdi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram