Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

PAXTACHILIKDA XITOY TAJRIBASI O'RGANILMOQDA

PAXTACHILIKDA XITOY TAJRIBASI O'RGANILMOQDA
Shu kunlarda Qishloq xo'jaligi vazirligi vakillari, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov, "TIAN YE AGRO" O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi rahbari Bekzodbek Mahmudov hamda 20 nafar fermer xo'jaliklari rahbarlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibti. Ushbu safardan ko'zlangan maqsad Xitoy Xalq Respublikasida paxtachilikda erishilgan ilm-fan yutuqlari, innovatsiyalar va ilg'or tajribalar bilan tanishishdir. Delegatsiyamiz va'killari Xitoyning "Yang Ling Modern Agriculture International Cooperation Group Co Ltd" vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mezbonlar qishloq xo‘jaligida erishgan yutuqlari va olib borilayotgan ilmiy izlanishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o'tishdi. Turli savol-javoblarga boy o‘tgan ushbu uchrashuvdan so‘ng, delegatsiya a’zolari tomchilatib sug‘orish agrotexnologiyasining butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi "Tianhai Hydropower Group" kompaniyasiga ham tashrif buyurib, ushbu kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kompaniya rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbati davomida kelgusi yilda Samarqand viloyatida Xitoy tajribasi asosida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.