Paxtachilikda mexanizatsiyalash darajasini 85 foizga yetkazish uchun kelasi yil yana 800 ta terim mashinasi, 450 ta ko‘p funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yig‘adigan mashina olib kelinishi…

belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan paxta yetishtirish uchun fermerlarga har bir gektarga ajratiladigan mablag‘ 1,4 barobar ko‘paytirilib, 17,5 million so‘mga yetkaziladi.
Umuman, paxtachilikdagi ishlarni yanada jonlantirish uchun 2026-yilda dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga 35 trillion so‘m beriladi.
G‘allachilikda ham sho‘r, suvsizlik va issiqqa chidamli yangi navlarni yaratish borasidagi izlanishlar yanada kuchaytirilishi ta’kidlandi.
Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajo‘xori va g‘allachilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yangi hosildor g‘alla navi olib kelindi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Jizzaxdagi g‘allachilik institutlarini modernizatsiya qilishga Jahon banki mablag‘idan 10 million dollar berildi.
“Bu hammasi emas! Endi o‘z mablag‘i hisobidan g‘alla yetishtirgan fermerlarga paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X