Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxtachilikda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar belgilab olindi

Paxtachilikda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar belgilab olindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mamlakatimiz paxtachilik sohasida qilinadigan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi vakillari, vazirlikning tegishli boshqarmalari boshliqlari, sohaga aloqador tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kuni kecha Davlatimiz rahbari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, paxta va g‘alla hosildorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishish chog‘ida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlab, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan ishlar bilan birga, aynan, paxtachilikda har bir ishga ilmiy yondashish lozimligiga e’tibor qaratgan va galdagi vazifalarni belgilab bergan edi. Video-konferens-aloqaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir dastlab, taqdimot chog‘ida belgilangan topshiriqlarning ijrosini kechiktirmasdan ta’minlash, xususan, 2025-yilgi mavsumga hozirdan tayyorgarlikni boshlash, bunda eng avvalo, paxta ekiladigan dala maydonlari, ularga joylashtiriladigan g‘o‘za navlari, shuningdek, yerning meliorativ holatiga, mavsum davomida g‘o‘zaning vegetativ holatiga mas’ul shaxslar hamda fermerlar haqida barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ombor kitobini har bir tumanlar kesimida ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi. Ombor kitobini yaratishda tumanlardagi paxta ekiladigan konturlarning holati, o‘tgan yili qanday navlar ekilganligi haqidagi ma’lumotlarni kiritish yuzasidan Paxtachilik kengashi olimlari va mas’ullar ham o‘z fikrlarini o‘rtaga tashlashdi. Bu yil mamlakatimizda ilk bor tajriba sifatida 100 ming gektar yer xorijiy g‘o‘za navlari uchun ajratilgan bo‘lib, shundan 72 ming gektarida Xitoy Xalq Respublikasining "VT" ikkinchi avlod g‘o‘za navlari yetishtirilgan edi. Xitoy agrotexnologiyasi bo‘yicha ilm va innovatsiyalarni qo‘llash asosida parvarishlangan bu navlardan ko‘zlangan hosil olindi. 2025-yilda mamlakatimizda jami paxta ekiladigan maydonlarning 20 foiziga xorijiy g‘o‘za navlarini joylashtirish to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, vazir Ibrohim Abdurahmonov ayni paytda kelgusi yil uchun Xitoy g‘o‘za navlariga mansub 14 ming tonna urug‘ jamg‘arilganligi, uni ekishda esa ilmga asoslangan tartiblarga amal qilish lozimligi, buning uchun Paxtachilik kengashi va vazirlikning tegishli tizim tashkilotlari mas’ullari joylarda tushuntirish ishlarini olib borishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, 2025-yilda 200 ming gektar yerda mahalliy navlarni ham mana shunday texnologiya, ya’ni, chigitlarni plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekib, tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirish lozimligi, buning uchun ildizi yerga chuqur kirmaydigan Sulton, S-8290 kabi navlarni tanlab olish lozimligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.