Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxtachilikda ilm va amaliyotni bog‘lagan olim

Paxtachilikda ilm va amaliyotni bog‘lagan olim
Taniqli olim, biologiya fanlari doktori, professor Said-Akbar Rahmonqulov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Mukofot “Ekologik bioxilma-xillikni asrash va global iqlim o‘zgarishi sharoitida paxtachilikni barqaror rivojlantirishda biologiyaning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasida e’lon qilindi. Tadbirni Prezident maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ochib, Prezident Farmoniga muvofiq, olimga ushbu yuksak mukofot topshirilishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, professor Rahmonqulov qariyb 70 yillik ilmiy faoliyati davomida 400 dan ortiq ilmiy ishlar yaratgan, o‘nlab shogirdlar yetishtirgan hamda yuqori hosildor g‘o‘za navlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etgan. ⏫ Uning ilmiy maktabi bugungi kunda ham paxtachilikni rivojlantirish, seleksiya va biotexnologiya yo‘nalishida muhim o‘rin tutmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.