Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxta xom ashyosini yig‘ib olishda tavsiya va amaliy ko‘mak berilmoqda

Paxta xom ashyosini yig‘ib olishda tavsiya va amaliy ko‘mak berilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi. Ishchi guruh tomonidan paxta xom ashyosini o‘z vaqtida yig‘ib-terib olib, qabul maskanlariga jamg‘arish borasidagi ishlar o‘rganilmoqda. Bugun kunning birinchi yarmida ishchi guruh a’zolari Amudaryo tumanidagi "ECO TEKS CLUSTER" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATIga qarashli paxta qabul qilish maskanlarida paxta xom ashyosini belgilangan tartibda qabul qilish holatlarini o‘rgandilar. Bunda qabul qilingan xom ashyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli elektron platformaga to‘g‘ri kiritish, urug‘lik paxta va Xitoy navlariga oid paxtani saqlashdagi talablarning bajarilishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Ushbu klaster tasarrufidagi 12 ta paxta qabul qilish maskanlariga 34 ming tonna paxta xom ashyosini qabul qilish rejalashtirilgan. Hali tumandagi paxta dalalarida hosil mo‘l. Ishchi guruh a’zolari hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish yuzasidan klasterlar va fermer xo‘jaliklariga zarur tavsiyalar va amaliy ko‘mak bermoqdalar. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.