Paxta seleksiyasida yana bir yutuq, yangi nav patentlandi!

Ma’lumki, dunyoda eng sifatli paxta tolasi Gossypium barbadense L. turiga mansub navlarda uchraydi. Misr paxtalari ham aynan shu turga kiradi. Biroq bunday navlarning asosiy kamchiligi — kechpisharligi, uzoq vegetatsiya davri va kasalliklarga nisbatan zaifligidir. Bu esa ularni yetishtirish imkoniyatini cheklab keladi. Olimlarimiz ushbu muammuoga ham ilmiy yechim topdi.
Gap shundaki, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti labaratoriya mudirlari Viktor Avtonomov va Abror Qurbonov boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida g'o'zaning yangi, yuqorida ta'kidlangan muammuolarga yechim bo'luvchi tola uzunligi 41-42 mm bo'lgan “Surxon-107” navi yaratildi. Ushbu ilmiy ishlanma Intelektual mulk agentligi tomonidan patentlandi.
Olimlarimizni ushbu ilmiy yutuq bilan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatida omadlar tilaymiz!
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube