Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxta mavsumiga puxta tayyorgarlik: daladan qabul maskanigacha shaffoflik va sifat nazoratiga e’tibor

Paxta mavsumiga puxta tayyorgarlik: daladan qabul maskanigacha shaffoflik va sifat nazoratiga e’tibor
Hududlarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalarini o‘rganish, dalalarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar holatini ko‘zdan kechirish hamda pishib yetilayotgan hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Qo‘shtepa tumanidagi “Global TEX Fergana” MChJning Solijonobod maskanida vodiy viloyatlarining agrar sohaga mas’ul rahbarlari, paxtachilik klasterlari va kooperatsiyalari vakillari, paxta qabul qilish maskanlari rahbarlari, tarozibonlar hamda laboratoriya mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. ℹSeminarning asosiy mavzusi – 2026-yil paxta hosilini sifatli va talafotsiz yig‘ib-terib olish, terim hamda qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, paxta qabul qilish maskanlarini mavsumga puxta tayyorlashdan iborat. Tadbirda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida paxta hosilini qabul qilishga tayyorgarlik holati atroflicha muhokama qilindi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari hamda Agrosanoatni raqamlashtirish markazi mutaxassislari paxtani qabul qilish jarayonida aniqlik va shaffoflikni ta’minlash, hosilni tarozida tortish, laboratoriya tahlillarini sifatli tashkil etish, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda joriy yildagi o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov qabul jarayonining har bir bosqichida inson omili bilan bog‘liq xatoliklarning oldini olish, fermer va klasterlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda adolat va aniqlikni ta’minlash, paxta sifatini xolis baholash muhimligini ta’kidladi. Zero, hosilni yetishtirish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, uni yig‘ib olish va qabul qilish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi ham yakuniy natijaning muhim omilidir. Shu bois paxta qabul qilish maskanlarining mavsumga tayyorgarligi, zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish va laboratoriya nazoratini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida qayd etildi. Shuningdek, paxta hosilini qabul qilish jarayonida “AgroTarozi” axborot tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha taqdimotlar ham o‘tkazildi. Mazkur tizimdan samarali foydalanish orqali hosilni tortish jarayonlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni aniq qayd etish va qabul jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari namoyish etildi. Amaliy seminar yakunida mas’ullarga paxta mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish, qabul maskanlarida barcha zarur sharoitlarni yaratish, tarozi va laboratoriya uskunalarining sozligini ta’minlash hamda qabul jarayonlarini shaffof va xolis tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Maqsad bitta – dalada yetishtirilgan har bir kilogramm paxtani nes-nobud qilmasdan, sifatini saqlagan holda qabul qilish va dehqon mehnatining munosib baholanishini ta’minlash. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.