Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Samarqand shahrida o‘tkazilgan konferensiya doirasida oziq-ovqat xavfsizligiga yangicha yondashuvlar mavzusida ko‘rgazma ham tashkil qilindi.

Unda ilmiy-tadqiqot institutlari ham o‘z izlanishlari bilan ishtirok etdi.
Xususan, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasining sholi yetishtirishdagi resurstejamkor texnologiya asosida 30 foiz suv va 40 foiz urug‘likning tejashi haqidagi ma’lumotlari ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortdi.
Bu haqda https://kun.uz/10652169 sayti ham maqola e’lon qildi.