O’zekspomarkazda” “O‘zbekiston-Koreya qishloq xo‘jaligida hamkorlik forumi”da hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz"da "O‘zbekiston-Koreya qishloq xo‘jaligida hamkorlik" forumi bo‘lib o‘tdi. Forumni Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Von Do Yon kirish so‘zi bilan ochib, ikki do‘st mamlakatning o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lami barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kengayib borayotgalini, ushbu forum esa bu boradagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashini qayd etdi.
Shundan so‘ng forumda ishtirok etayotgan Janubiy Koreya Respublikasining bir qator kompaniyalari vakillari taqdimotlar o‘tkazib, o‘z faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Janubiy Koreyadagi soha ilm-fanining eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida jamlagan taqdimotlar forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu forum doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Janubiy Koreya Respublikasining "DK Ekofarm" kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga asosan koreyalik hamkorlar bilan O‘zbekistonda "aqlli" qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohaga ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini, ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish va sohani raqamlashtirishda yaqindan hamkorlik qilinadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube