Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekistonga Iordaniyadan Avassi qo‘ylari olib kelindi

O‘zbekistonga Iordaniyadan Avassi qo‘ylari olib kelindi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligidan yurtimizga ilk bor dunyodagi mashhur sut yo‘nalishidagi qo‘y zotlaridan biri — Avassi qo‘ylari olib kelindi. Avassi qo‘ylari, ayniqsa, yuqori sut mahsuldorligi bilan ajralib turadigan zotlardan biri hisoblanadi. Ushbu zotning O‘zbekistonga olib kelinishi mamlakatimizda sut yo‘nalishidagi qo‘ychilikni rivojlantirish, yuqori mahsuldor qo‘ylarni ko‘paytirish va seleksiya ishlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur yangilik haqida "Qishloq hayoti" gazetasining navbatdagi sonida batafsil ma’lumot berilgan. To‘liq tafsilotlar bilan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A’zamjon Nurmatov hamda institut bo‘lim boshlig‘i Shahnoza Shohnazarova hammuallifligida chop etilgan "O‘ZBEKISTON – IORDANIYA HAMKORLIGI: SUT YO‘NALISHIDAGI QO‘YCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI ISTIQBOLLARI" sarlavhali maqoladan bilib olishingiz mumkin. https://online.pubhtml5.com/ivfzl/rldz/ Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.